25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Rossiyada 5 ming rubllik soxta kupyuralar xavotir uyg‘otmoqda: ularda zaharli moddalar aniqlangan

Jahon 25.11.2026 13:44 1Zamin
Rossiyada 5 ming rubllik soxta kupyuralar xavotir uyg‘otmoqda: ularda zaharli moddalar aniqlangan

Rossiyaning Belgorod shahri va Donetsk viloyatining vaqtincha bosib olingan Makeyevka shahrida 5 ming rubllik shubhali kupyuralar topilgani haqida xabar berildi. Mahalliy rasmiylar ushbu pullar tarkibida inson salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalar izlari borligidan ogohlantirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Belgorodning bir nechta hududida soxta banknotalar ko‘chadan hamda avtomobillarning old oynasi tozalagichlari ostidan topilgan. Shahar ma’muriyati fuqarolarni bunday pullarga qo‘l tekkizmaslikka chaqirgan.

Shunga o‘xshash hodisa Makeyevkada ham qayd etilgan. 21 noyabr kuni avtobus bekati yaqinidan topilgan 5 ming rubllik kupyuralardan birini olgan erkak noma’lum modda ta’sirida zaharlangan. U shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar ko‘rsatgan yordamdan so‘ng ahvoli barqarorlashgan. Keyinchalik kupyuralar soxta ekani va ularda xavfli kimyoviy moddalar izlari aniqlangani ma’lum qilingan.

Mutasaddilar aholini ko‘chada yotgan shubhali pullar, hamyonlar, bank kartalari va boshqa begona buyumlarni ko‘tarmaslikka chaqirmoqda. Bunday narsalarga duch kelgan taqdirda, ularga yaqinlashmasdan, 112 raqamiga xabar berish tavsiya etiladi.

O‘xshash yangiliklar