26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

Kvartira va 8 ming yevro mukofot: Germaniya suriyaliklarni vataniga ommaviy qaytarish rejasini ishlab chiqdi | Daryo

Jahon 26.11.2026 18:35 0Daryo
Kvartira va 8 ming yevro mukofot: Germaniya suriyaliklarni vataniga ommaviy qaytarish rejasini ishlab chiqdi | Daryo

2026-yilning yanvar—oktyabr oylarida 5468 nafar Suriya fuqarosi davlat ko‘magida Germaniyani tark etgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yana 3 mingga yaqin kishi hukumatning moliyaviy yordamisiz chiqib ketgan. 2027-yilda esa germaniyalik rasmiylar vataniga qaytuvchilar sonini keskin oshirish niyatida.

Kansler Fridrix Merts 2026-yil bahorda Germaniyada yashayotgan 900 mingdan ortiq suriyalikning 80 foizi uch yil ichida vataniga qaytishi kerakligini aytgan edi. Hozirda ko‘plab idoralar ommaviy qaytarishni yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda. Bild nashri hukumatning bu haqidagi keng ko‘lamli rejasini ma’lum qildi.

Damashqqa haftasiga 9 ta to‘g‘ridan to‘g‘ri reys

2027-yil 11-yanvardan boshlab Eurowings aviakompaniyasi har dushanba Gamburgdan Damashqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni amalga oshiradi (chipta narxi bir tomonga taxminan 200 yevro). Yanvardan boshlab Berlin, Dyusseldorf va Shtutgartdan ham reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, Sundair va Syrian Airlines aviakompaniyalari Berlindan Damashqqa muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

10 ming kishi uchun kvartiralar

KfW davlat taraqqiyot banki federal byudjetdan ajratilgan 20 million yevro hisobiga Suriyada qaytuvchilar uchun 1500 ga yaqin kvartira qurish va tiklashni moliyalashtiradi. Bu uy-joylar 2029-yil oxirigacha tayyor bo‘ladi va ularga 10 mingga yaqin kishi joylashtiriladi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vayron bo‘lgan Damashqning Jobar tumanida uy-joy va mulk huquqini tiklash bo‘yicha maxsus maslahat markazini ishga tushirdi. U qaytgan fuqarolarga o‘z mulkiga bo‘lgan huquqini isbotlashda yordam beradi.

Har bir kishiga 8000 yevrogacha mukofot

Federal ichki ishlar vazirligi 2027-yildan boshlab ixtiyoriy qaytuvchilarga beriladigan pul mukofotlarini oshirish va ularni berishni tezlashtirishni rejalashtirmoqda. Hozir to‘rt kishilik oilaga aviachiptalardan tashqari 3600 yevrogacha pul beriladi.

Ekspertlarning fikricha, bu summa har bir katta yoshli fuqaro uchun 8000 yevrogacha ko‘tarilishi mumkin (hozircha aniq qaror qabul qilinmagan). Bundan tashqari, hukumat deportatsiya jarayonlarini tezlashtirish imkoniyatlarini ham muhokama qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar