29.11.2026, Yakshanba+6.4°CToshkent$12 017.70€13 179.81₽146.39
+6.4°CToshkent$12 017.70 29.11.2026

“O‘zbekistonda 2027-yil tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha favqulodda holatdagi yil deb e’lon qilindi” — Markaziy bank raisi | Daryo

O'zbekiston 28.11.2026 23:35 0Daryo
“O‘zbekistonda 2027-yil tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha favqulodda holatdagi yil deb e’lon qilindi” — Markaziy bank raisi | Daryo

Markaziy bank raisining ta’kidlashicha, endilikda tadbirkorlikni son jihatidan emas, sifat jihatidan rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlarining keyingi toifaga o‘sishi uchun zarur sharoit va tizim yaratiladi.

Moliya, IT va logistika kabi yuqori daromadli sohalarda kichik tadbirkorlikning ulushi juda past ekani qayd etildi. Shu sababli mazkur va boshqa yuqori daromadli sohalarda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud biznes subektlariga moliyaviy va nomoliyaviy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, o‘rta biznes vakillarini eksport bozorlariga olib chiqish uchun alohida moliyaviy va nomoliyaviy vositalar tizimini yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish, ularga ko‘maklashish hamda yangi moliyaviy vositalarni ishlab chiqishga davlat banklari bilan bir qatorda barcha xususiy banklar, nobank kredit tashkilotlari va fintex kompaniyalarni jalb qilish uchun rag‘batlantirish tizimi yaratiladi.

Davlat dasturlaridagi barcha vositalarni yil oxirigacha qayta ko‘rib chiqish va 2027-yildan yangi maqsadlarga mos mexanizmlarni amaliyotga joriy etish topshirilgan.

Ishmetovning qayd etishicha, kredit olishda kafillik berish mexanizmining ulushi hozirda juda past. Ushbu ko‘rsatkichni kamida o‘n karra oshirish maqsad qilingan.

Bundan tashqari, davlat uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlar va hududlarda xususiy banklarning loyihalarni moliyalashtirishdagi faolligini oshirish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqiladi. Xususan, loyihani moliyalashtirish shartlari xususiy bank resurslari qiymatiga mos kelmagan hollarda qisman kompensatsiya berish mexanizmini yaratish rejalashtirilgan.

Markaziy bank raisi Jahon banki hisobotiga tayanib, so‘nggi besh yilda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda kambag‘allikdan chiqqan aholining 40 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelganini aytdi.

Uning bildirishicha, o‘tgan davrda O‘zbekistonda 11,5 mln kishi kambag‘allikdan chiqarilgan. Ishsizlik darajasi esa 4 foizdan pastga tushishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda tadbirkorlar bir ariza orqali bir nechta bankdan kredit takliflarini olishi mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

O‘xshash yangiliklar