23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Qiş kelmay boşlangan taqçillik: Özbekistonda yana metan muammosi

Iqtisod 23.11.2026 17:30 0Kun.uz
Qiş kelmay boşlangan taqçillik: Özbekistonda yana metan muammosi

Hali qiş boşlanmay turib, Özbekistonda tabiiy gaz taʼminoti bilan boğliq vaziyat yomonlaşdi. 14-noyabr kuni Toşkent şahrida gaz taʼminotida keng miqyosli uzilişlar kuzatildi. Viloyatlarda esa metan şoxobçalar faoliyatiga çeklovlar kiritildi. Natijada gazda harakatlanadigan avtomobil egalari uçun qöşimça noqulayliklar yuzaga keldi.

Energetika vazirligi “havo keskin soviganda” aholi va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan barqaror taʼminlaş uçun boşqa isteʼmolçilarga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilişi mumkinligini maʼlum qildi. Ammo havo haroratining “keskin soviş” darajasi qanday ekaniga aniqlik kiritilmadi.

Hali çinakam sovuqli kunlar boşlanmay turib kuzatilgan bu holat tabiiy gaz tizimidagi barqarorlik, mavjud zaxiralar hamda keyingi oylarga körilgan tayyorgarlik masalasini kun tartibiga olib çiqdi. Xöş, muammoning ildizi qayerda va nima uçun taʼminot bilan boğliq vaziyat yaxşilanmayapti?

Gaz qazib oliş qisqaryapti

2026-yilning yanvar-sentabr oylarida Özbekistonda tabiiy gaz qazib oliş hajmi 16,4 foizga qisqarib, 27 mlrd kub metrgaça tuşib ketdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan pasayiş esa qariyb 20 foizni taşkil qildi.

Oylar kesimida oladigan bölsak, joriy yilning iyun oyida qazib oliş 2,5 mlrd kub, avgust oyida esa 2,6 mlrd kubgaça kamayganini köriş mumkin.

Milliy statistika qömitasi maʼlumotlari asosida Kun.uz hisob-kitoblari

Gaz qazib oliş hajmi yildan yilga kamayib borayotgani – içki isteʼmol oşayotgan vaqtda röy bermoqda. Aholi sonining ösişi, yangi korxonalar va işlab çiqariş quvvatlarining işga tuşirilişi gazga bölgan ehtiyojni oşiryapti. Natijada mavjud resurslar bilan ortib borayotgan talab örtasidagi tafovut tobora kengayyapti.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan tayyorlangan “Sanoatda energiya samaradorligini oşiriş” hisobotiga

O‘xshash yangiliklar