23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Oʻzbekistonda 294 mingdan ortiq obyektga mulk va ijara huquqlari eʼtirof etildi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 09:18 0Daryo
Oʻzbekistonda 294 mingdan ortiq obyektga mulk va ijara huquqlari eʼtirof etildi | Daryo

Oʻzbekistonda 294 mingdan ortiq koʻchmas mulk obyekti boʻyicha mulk va ijara huquqlari toʻliq eʼtirof etildi. Bu haqda Kadastr agentligi xabar berdi.

Agentlik maʼlumotiga koʻra, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qonun doirasida 1 870 437 ta koʻchmas mulk obyekti xatlovdan oʻtkazildi. Shundan 1 814 650 tasi UZKAD elektron tizimiga oʻtkazilgan.

Respublika boʻyicha 767 ta mahallada xatlov ishlari toʻliq yakunlangan.

Bu boradagi arizalarni rad etish holatlari 2,1 baravarga kamaygan. Avgustda 210 550 ta arizadan 48 744 tasi rad etilgan bo‘lsa, oktyabrda 264 636 ta arizadan 28 750 tasi rad etilgan.

Shuningdek, “Eʼtirof” axborot tizimiga 1 107 973 ta obyekt kiritilgan. Ularning 294 398 tasi boʻyicha mulk va ijara huquqlari toʻliq eʼtirof etilgan.

Axborot tizimlarida “Yerelektron” AATga 71 048 ta yangi aniqlangan yer uchastkasi kiritilib, 35 582 tasi auksionga chiqarildi. “Koʻp kvartirali uylar reyestri” ATda 1 226 ta koʻp qavatli turar joylardagi 83 450 ta kvartiralar raqamlashtirildi.

Davlat xizmatlari markazlarida 206 ta “Kadastr maslahat burchaklari” tashkil etilib, ularning faoliyati to‘liq yoʻlga qoʻyildi.

O‘xshash yangiliklar