25.11.2026, Chorshanba+14.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+14.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

O‘zbekistonda bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yagona dastur asosida olib boriladi | Daryo

O'zbekiston 25.11.2026 16:35 0Daryo
O‘zbekistonda bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yagona dastur asosida olib boriladi | Daryo

O‘zbekistonda bir yillik maktabga tayyorlov kurslari qayerda tashkil etilishidan qat’i nazar, yagona dastur asosida olib boriladi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligining Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti rahbari Manuchehr Mirzayev ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, bog‘chalardagi to‘liq va qisqa muddatli guruhlar hamda maktablarning bo‘sh sinfxonalarida tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari uchun bir xil dastur amal qiladi.

So‘nggi yetti yilda olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlov bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 37 foizdan 98 foizga yetgan. Biroq o‘qitish sifati, pedagoglar salohiyati hamda tayyorlov dasturlarining boshlang‘ich ta’lim bilan integratsiyasi borasida muammolar mavjud.

Qonun qabul qilingach, mazkur muammolarning yechimi nazarda tutilgan qonunosti hujjati ishlab chiqiladi.

Bir yillik maktabga tayyorlov tizimi orqali quyidagi natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda:

  • olti yoshli bolalarni maktabga tayyorlov bilan 100 foiz qamrab olish;

  • bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligini yaxshilash;

  • ta’lim davomiyligini xalqaro standartlarga moslashtirish;

  • Inson kapitali indeksidagi ta’lim qamrovining yalpi koeffitsiyenti hamda ta’lim olishning kutilayotgan davomiyligi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini yaxshilash.

Mirzayevning yozishicha, ta’lim davomiyligi ta’minlangach, o‘quv dasturlari ham bosqichma-bosqich xalqaro talablarga moslashtiriladi.

Vazirlik vakilining fikricha, ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgach, Foundation dasturida o‘qishga zarurat qolmaydi. Bunday tajriba hozir Prezident maktablari va Beruniy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yo‘lga qo‘yilgan.

Avvalroq Maktabga bir yillik majburiy tayyorlovga oid qonun loyihasi Senatga yuborilgandi.

O‘xshash yangiliklar