25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

O‘zbekistonda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga oid 34,5 mingdan ortiq holat aniqlandi | Daryo

O'zbekiston 25.11.2026 17:48 0Daryo
O‘zbekistonda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga oid 34,5 mingdan ortiq holat aniqlandi | Daryo

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabr holatiga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 34 555 ta holat aniqlangan. Bu haqda Kadastr agentligi brifingida ma’lum qilindi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarning umumiy maydoni 3 803,7 gektarni tashkil etgan. Ushbu yerlarning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi yerlariga to‘g‘ri kelgan.

Xususan, quyidagi toifadagi yerlar o‘zboshimchalik bilan egallangan:

  • qishloq xo‘jaligi yerlari — 2 790,9 gektar;

  • aholi punktlari yerlari — 515 gektar;

  • sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — 102,2 gektar;

  • tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar — 13,8 gektar;

  • tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — 1,7 gektar;

  • o‘rmon fondi yerlari — 22,6 gektar;

  • suv fondi yerlari — 30,3 gektar;

  • zaxira yerlari — 327,2 gektar.

Kadastr agentligi organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 20 649 ta holatda jami 1 558 gektar yerdagi qonunbuzilishlar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarda barpo etilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan sudlarga 8 907 ta da’vo arizasi kiritilgan. Ushbu da’volar jami 1 491,7 gektar yer maydonini qamrab oladi.

Jinoyat alomatlari aniqlangan 1 887 ta ish bo‘yicha hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilgan. Mazkur holatlar 495,6 gektar yer maydoniga taalluqli.

Bundan tashqari, respublika bo‘yicha yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq 15 573 ta holat aniqlangan. Ushbu yerlarning umumiy maydoni 51 704,4 gektarni tashkil etgan.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish yuzasidan hokimliklarga 15 569 ta taqdimnoma, sudlarga esa to‘rtta da’vo arizasi kiritilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida 15 200 ta holatda jami 51 068,9 gektar yer maydonining qaytarilishi ta’minlangan.

Avvalroq Andijonda tadbirkordan 100 ming dollar talab qilgan hokim o‘rinbosari va kadastr xodimi ushlangani haqida xabar berilgandi.

O‘xshash yangiliklar