23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

“O‘zgidromet” 24-noyabrda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor hududlarni ma’lum qildi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 13:14 0Daryo
“O‘zgidromet” 24-noyabrda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor hududlarni ma’lum qildi | Daryo

O‘zbekistonda 24-noyabrda havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kuzatilishi mumkin. “O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, kunduzi harorat 10—22 daraja, kechasi 0—14 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, choʻl hududlarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Noyabr oyi uchun prognozda oyning so‘nggi haftasida yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkinligi ma’lum qilingandi. 24-noyabrda yog‘ingarchilik kutilayotgani sabab Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi.

O‘xshash yangiliklar