23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

O‘zLiDePning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik boshlandi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 10:29 0Daryo
O‘zLiDePning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik boshlandi | Daryo

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy konferensiyalar o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kongressga tayyorgarlik dastlab respublika bo‘ylab boshlang‘ich partiya tashkilotlarining umumiy yig‘ilishlaridan boshlangan. Ularda partiya faoliyatini yangilash, yangi Siyosiy dastur loyihasini ishlab chiqish, elektorat manfaatlarini kengroq qamrab olish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan takliflar bildirilgan.

Tayyorgarlikning keyingi bosqichida 23–24-noyabr kunlari tuman va shahar partiya kengashlarining konferensiyalari bo‘lib o‘tadi. 25-noyabr kuni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlarining konferensiyalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur yig‘ilishlarda boshlang‘ich tashkilotlardan kelib tushgan takliflar umumlashtirilib, O‘zLiDePning navbatdagi Kongressiga delegatlar saylanadi.

Shuningdek, partiyaning yangi Siyosiy dasturi loyihasi, tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va elektorat safini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Xususan, tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, ta’lim va tibbiyot xodimlari, madaniyat, sport, ommaviy axborot vositalari vakillari, yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini ifoda etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.

“Navbatdagi Kongressda O‘zLiDePning kelgusi yillardagi siyosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilash ko‘zda tutilgan. Yangi Siyosiy dastur orqali partiya maqsad va vazifalarini mavjud islohotlarga moslashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda bildirilgan takliflarni amaliy tashabbuslarga aylantirish rejalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar