23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Oltiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 16:42 0Daryo
Oltiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi | Daryo

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumaniga Jahongir Jumanov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

23-noyabr kuni xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Sessiyada viloyat hokimi tomonidan taqdim etilgan Jahongir Jumanov nomzodi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Jahongir Jumanov 1982-yilda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutining tarmoqlar iqtisodiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida viloyat moliya tizimi va viloyat hokimligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2019–2021-yillarda Oltiariq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2021–2024-yillarda esa Furqat tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar u Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Oltiariq tumaniga shu vaqtga qadar rahbarlik qilib kelgan Shamsiddin Turdaliyev Andijon viloyati hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq Mirzaobod va Nishon tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar berilgandi.

O‘xshash yangiliklar