23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Qirg‘izistondagi yong‘inda O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 11:23 0Daryo
Qirg‘izistondagi yong‘inda O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi | Daryo

Qirg‘izistonning Manas shahridagi qurilish obyektida yuz bergan yong‘inda O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi. Yana bir fuqaro og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Turmush.kg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22-noyabr kuni soat taxminan 21:30 da Intimak tumanida qurilayotgan ikki qavatli binoda yong‘in chiqqan. Yong‘in vaqtida obyektda to‘rt nafar o‘zbekistonlik ishchi bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar 1986-yilda tug‘ilgan I.A. va 1988-yilda tug‘ilgan B.B. ekani ma’lum qilingan. 1999-yilda tug‘ilgan A.A. og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 1990-yilda tug‘ilgan SH.M.ga esa ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘xshash yangiliklar