Shomurodov, Husanov va Fayzullayev “Osiyo Oltin to‘pi” sovriniga da’vogarlar qatoridan joy oldi (foto) | Daryo

Xitoyning Sports Weekly nashri 2026-yilgi “Osiyo Oltin to‘pi” sovrini uchun 30 nafar futbolchidan iborat nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Undan O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va Eldor Shomurodov ham joy oldi.
O‘zbekistonlik futbolchilardan tashqari, ro‘yxatga Janubiy Koreya vakillari Son Hyon Min, Kim Min Jae va Li Kan In, eronlik Mehdi Taremi, qatarlik Akrom Afif hamda yaponiyalik Daichi Kamada kabi taniqli futbolchilar kiritilgan.

SEASIA GOAL
G‘olibni aniqlashda futbolchilarning 2025-yil 1-sentyabrdan 2026-yil 31-avgustgacha qayd etgan natijalari hisobga olinadi. Ovoz berish jarayoni 30-noyabrga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, ushbu mukofot ilk bor 2013-yilda topshirilgan. O‘shanda yaponiyalik Keysuke Honda g‘olib bo‘lgan. 2014 va 2015-yillarda sovrin janubiy koreyalik Son Hyon Minga nasib etgan. 2016-yilda esa yana bir yaponiyalik futbolchi — Shinji Okazaki eng yaxshi deb topilgan. 2017–2023-yillarda Son Hyon Min ketma-ket 7 marta ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan. 2024-yilda qatarlik Akrom Afif g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda sovrin yana Son Hyon Minga nasib etgan. Shu tariqa janubiy koreyalik futbolchi jami 10 marta “Osiyo Oltin to‘pi” sohibiga aylangan.



