25.11.2026, Chorshanba+14.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+14.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Rahim Sterling shartli ravishda bir yilga qamoq jazosiga hukm qilindi | Daryo

Sport 25.11.2026 18:16 0Daryo
Rahim Sterling shartli ravishda bir yilga qamoq jazosiga hukm qilindi | Daryo

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rahim Sterling mashinani xavfli haydash, shuningdek, avtomobil salonida taqiqlangan gazni (azot oksidi) saqlash va YTHdan keyin tahlil topshirishdan bosh tortgani uchun shartli ravishda bir yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, Sterling 100 soat davomida jamoat ishlarini bajarishi va ikki yil davomida avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etilishi ham belgilandi. Shuningdek, unga 18 oylik sinov muddati tayinlandi.

Voqea 28-may kuni Xempshir grafligidagi M3 trassasida Sterling boshqaruvidagi Lamborghini yo‘l chetidagi to‘siqlarga borib urilgan. YTH oqibatida boshqa avtomobillarga zarar yetmagan, hech kim jarohatlanmagan. Ushbu voqeadan keyin futbolchiga xavfli haydash, avtomobilida taqiqlangan gazni saqlash hamda hibsga olinganidan so‘ng alkogol yoki giyohvand moddalar bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortish ayblovlari qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, Rahim Sterling hozirda erkin agent hisoblanadi. Faoliyati davomida u “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Feyenoord” klublarida to‘p surgan. “Manchester Siti” safida 4 marta Angliya chempioni bo‘lgan, shuningdek, Angliya Kubogi va 5 marta Liga Kubogida g‘alaba qozongan. Angliya terma jamoasi safida esa 82 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan.

O‘xshash yangiliklar