23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Toshkentda 10 yoshli bola beshinchi qavatdan yiqilib tushdi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 18:52 0Daryo
Toshkentda 10 yoshli bola beshinchi qavatdan yiqilib tushdi | Daryo

Toshkent shahrida 2016-yilda tug‘ilgan bola beshinchi qavatdan yiqilib tushdi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 22-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Bola o‘z uyida deraza oldida o‘ynab o‘tirgan vaqtida deraza panjarasi ochilib ketishi oqibatida beshinchi qavatdan yiqilgan.

Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shifokorlar bolaga son suyagi va chap yelka suyagi sinishi tashxisini qo‘ygan.

Avvalroq Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uchinchi qavatdan tushib ketgani haqida xabar berilgandi.

O‘xshash yangiliklar