Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi | Daryo

Umid Mamadaminov Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan u energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Tayinlov O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan amalga oshirildi.
Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2026-yilning 24-iyunidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi. Undan avval 2023-yil avgust oyidan boshlab energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Umid Mamadaminov 1983-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2015-yilda esa AQSHdagi Oregon texnologiya institutini magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Mutaxassisligi sanoat elektronika muhandisi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishlariga ixtisoslashgan.
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimida bunga qadar Sherzod Xo‘jayev ishlagandi. U 2026-yil 27-iyul kuni energetika vaziri lavozimiga tayinlangandi.



