“Uxlaganim yo‘q, keyingi yurishlar haqida o‘ylayapman” — Javohir Sindorov | Daryo

Bundan tashqari, jurnalist shaxmatchilar uchun ajratilgan dam olish xonasini qiziqarliroq qilish maqsadida u yerga nima olib kirishini so‘radi. Sindorov kulimsirab: “Bilmadim... balki PlayStation 5 olib kirgan bo‘lardim”, deya javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi partiyada Sindorov qora donalarda harakat qildi va 20-yurishda taxtadagi vaziyat uch marta takrorlangani sababli durang qayd etildi. Ikki partiyadan so‘ng umumiy hisob — 1:1.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionligi uchun match 14 ta partiyadan iborat bo‘lib, 12-dekabrga qadar davom etadi. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko jamg‘argan shaxmatchi chempionlik tojini qo‘lga kiritadi. Agar asosiy partiyalarda durang natija qayd etilsa, g‘olib tay-brekda aniqlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi.



