25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Jahon toji uchun: Sindarov qora donalarda Gukesh bilan 2-partiyada ham durang o‘ynadi

Sport 25.11.2026 21:48 0Zamin
Jahon toji uchun: Sindarov qora donalarda Gukesh bilan 2-partiyada ham durang o‘ynadi

Shveysariyaning Jeneva shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionligi toji uchun o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov hamda amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi murosasiz bahs davom etmoqda.

Qora donalardagi ishonchli harakat va ketma-ket ikkinchi durang

25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start olgan ikkinchi partiya qariyb ikki soat — 20:57 ga qadar davom etdi. Ushbu bellashuvda qora donalarda harakat qilgan hamyurtimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va tomonlar yana durangga imzo chekishdi.

Eslatib o‘tamiz, grossmeysterlar o‘rtasidagi 1-partiyada ham murosa ko‘chasi tanlangan edi. Shu tariqa, ikki turdan so‘ng umumiy hisob tengligicha qolmoqda — 1:1.

O‘xshash yangiliklar