23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 19:05 0Daryo
Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi | Daryo

Jizzax viloyatining Zarbdor tumaniga Zarifjon Omonqulov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

23-noyabr kuni xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, tuman hokimi lavozimiga Zarifjon Omonqulov nomzodi taqdim etildi. Deputatlar uni hokim etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorni bir ovozdan tasdiqladi.

Zarifjon Omonqulov tayinlovga qadar Zomin tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq Oltiariq, Mirzaobod va Nishon tumanlariga yangi hokimlar tayinlangan edi.

O‘xshash yangiliklar