22-noyabr kuni soat 00:28 da Qarshi shahri Batosh mahallasidagi ko‘p qavatli turar joy binosining 2-qavatidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasi portladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Shuningdek, portlash ortidan yuzaga kelgan yong‘in qutqaruvchilar tomonidan qisqa vaqt ichida o‘chirilgan.
Ayni paytda mas’ul idoralar tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.




