23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

«Öz xohişing bilan ariza yoz» - mehnat munosabatlaridagi huquqiy muammolar

Jamiyat 23.11.2026 21:00 2Kun.uz
«Öz xohişing bilan ariza yoz» - mehnat munosabatlaridagi huquqiy muammolar

Taʼtildan çaqirib oliş va foydalanilmagan kunlar uçun tölov

Mehnat munosabatlarida xodimlar duç keladigan muammolardan biri - yillik mehnat taʼtili bilan boğliq. Ayrim iş beruvçilar xodimni taʼtil vaqtida işga çaqirib oladi, boşqalari esa foydalanilmagan taʼtil kunlari «kuyib ketadi», deb hisoblaydi.

«Taʼtil heç qaçon kuymaydi. Faqat bitta istisno bor: foydalanilmagan taʼtil uçun tölovni işlayotgan davringizda ololmaysiz. Masalan, 2026-yilda mehnat taʼtiliga çiqmadingiz. Taʼtilga çiqmaganingiz uçun tölovni işlayotgan davringizda ololmaysiz. Qaçonki uşbu taşkilot bilan mehnat şartnomasini tugatsangiz, öşa paytda sizga tegişli asosiy va qöşimça pul mablağlari, jumladan, foydalanilmagan mehnat taʼtili uçun tölov ham berilişi kerak», - deydi huquqşunos.

Uning taʼkidlaşiça, xodimni mehnat taʼtili davrida işga çaqirib oliş mumkin emas. Bu mehnat qonunçiligi talablariga zid.

«Masalan, pandemiya davrida tibbiyot birlaşmasida işlagan ikki xodim bayram va dam oliş kunlari, şuningdek, iş vaqtidan taşqari mehnat qilgani uçun haq olmagan. Ular sudga murojaat qilgaç, qariyb 150 million söm qöşimça tölov undirib berildi. Amaliyotda bunday holatlar köp uçraydi. Faqat köpçilik öz huquqlarini bilmaydi».

«Öz xohişing bilan ariza yoz»: bosim ostida yozilgan ariza qonuniy hisoblanadimi?

Rahbar xodimni öz xohişi bilan ariza yozib işdan böşaşga majburlaşi holatlari ham tez-tez kuzatiladi. Mutaxassis bunday holatda dalillar töplaş zarurligini aytadi.

«Har qanday bosim - jismoniy, aqliy, maʼnaviy bosim yoki qörqitiş holatlari qonunçilikda taqiqlangan. Buni isbotlaşning birdan bir yöli - dalillar töplaş. Ariza bosim ostida yozilgani isbotlansa, haqiqiy emas deb topiladi».

Bosim ötkazilayotganini isbotlaş uçun nima qiliş mumkinligi haqida huquqşunos quyidagiça maslahat berdi:

«Aql bilan iş tutiş kerak. Hozir deyarli hammada telefon bor, suhbatni yozib oliş mumkin. Arizani yozib bergandan keyin, iş joyidan çiqişi bilanoq, mehnat inspeksiyasiga yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişi va dalillarni taqdim etişi kerak. Telefonni olib kirişga ruxsat berilmagan bölsa ham, ariza yozilgandan söng darhol murojaat qiliş lozim. Yiğilişlarda “sen işdan böşaysan”, deb aytilgan bölsa, hamkasblarni guvoh sifatida jalb qiliş orqali ham bu masalani hal qiliş mumkin».

Arizani qaytarib oliş: 14 kunlik muddat

Xodim ariza yozgandan keyin 14 kun içida arizasini qaytarib olişi mumkin. Huquqşunosning aytişiça, iş beruvçilar aynan şu muddatga eʼtibor bermaslik oqibatida köp hollarda yutqazadi.

«Mehnat qonunçiligiga köra, ariza yozilgandan keyin 14 kunlik ogohlantiriş muddati böladi. Masalan, xodim 1-noyabrda ariza yozdi, taşkilot esa 3-noyabrda buyruq çiqarib, uni işdan böşatdi. Xodim 1-noyabrdan 14-noyabrgaça, 14-noyabr kuni ham, istalgan vaqtda arizasini qaytarib oliş huquqiga ega.

Amaliyotda şunday holat bölgan: xodim ariza yozgan, ertasi kuni buyruq bilan işdan böşatilgan. Keyingi kuni esa kelib: “Yöq, arizamni qaytarib olaman, işlaş istagim bor”, degan. Lekin unga işdan böşatiş buyruği çiqarib bölinganini aytişgan. Xodim iş beruvçini sudga berib, qariyb 100 million söm kompensatsiya undirib olgan».

Norasmiy işlaganlarning huquqlari

Ştatga kiritilmay, «konvertda» maoş olib işlaydiganlar ham huquqiy himoyaga ega ekanini köpçilik bilmaydi.

«Köp hollarda iş beruvçilar xodimlarni ştatga kiritmasdan, norasmiy ravişda işga oladi va iş haqini konvertda tölaydi. Bunday holatda mehnat huquqlari yoki mehnat muhofazasi talablari buzilsa, bu holat aniqlanganidan keyin xodim mehnat şartnomasi tuzilgan xodim bilan tenglaştiriladi va unga tegişli huquq hamda majburiyatlar qöllanadi.

Bilib qöyiş kerak: xodimni ştatga kiritmasdan, konvertda oylik berib işlatiş iş beruvçi uçun ham javobgarlikka sabab böladi. Bu mehnat qonunçiligini buziş, iş örinlarini yaşiriş deb baholanadi. Siz ştat asosida işlamayotgan bölsangiz ham, huquqlaringiz buzilsa, bemalol murojaat qilib, mehnat şartnomasi tuzgan xodimga beriladigan huquqlarni talab qilişingiz mumkin».

Kasb kasalligi

Xodim aynan kasbi taʼsirida soğliği yomonlaşgan bölsa, u huquqiy himoyaga ega. Bunday nizolar odatda sud orqali hal qilinadi.

«Siz maʼlum bir kasbda işlayapsiz va şu kasb taʼsirida asabiy-ruhiy yoki jismoniy holatingizda buzilişlar yuzaga keldi. Bu holat qonunçilikka köra kasbiy faoliyatingizni yöqotişga olib keldi. Bunday vaziyatda yetkazilgan zararni taşkilotdan qoplaşni talab qilişingiz mumkin. Masalan, bir öqituvçi kasb kasalligi sababli asabiy-ruhiy holati buzilişi oqibatida kasbiy faoliyatini 40 foizgaça yöqotgan. U taşkilotni sudga bergan va sud orqali qariyb 50 million söm kompensatsiya olgan. Bu holatda pedagog manfaatlarini kasaba uyuşmasi daʼvogar sifatida himoya qilgan».

Gripp, şamollaş kabi takrorlanadigan kasalliklarda ham xodimning huquqlari bor, biroq köpçilik mehnat qonunçiligidagi normani notöğri tuşunadi.

«Mehnat qonunçiligida belgilangan tartibga köra, bir yil davomidagi hisob böyiça dastlabki beş iş kuni uçun iş beruvçi kasallik nafaqasini tölab beradi. Undan keyin kasallik nafaqasi maxsus taşkil etilgan organ tomonidan tölanadi. Köpçilik bu normani öqiganda, har safar kasal bölganida dastlabki beş kun uçun iş beruvçi tölaydi, deb tuşunadi. Aslida esa bir yil davomidagi jami beş iş kuni hisobga olinadi».

O‘xshash yangiliklar