24-noyabr kuni Toşkent viloyatining qator hududlarida sel kuzatilişi mumkin

24-noyabr kuni kutilayotgan yomğirlar sababli Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida sel keliş xavfi mavjud, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Xususan, Toşkent viloyatining Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söraldi.
Ayrim hududlarda yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.



