23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

6,3 kg giyohvandlik moddasini çoponlar orasida olib kirmoqçi bölgan afğonistonlik uşlandi

Jamiyat 23.11.2026 17:35 0Kun.uz
6,3 kg giyohvandlik moddasini çoponlar orasida olib kirmoqçi bölgan afğonistonlik uşlandi

Termiz xalqaro savdo markazidagi içki işlar bölimi tezkor-qidiruv xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Tadbir davomida Afğoniston fuqarosi giyohvandlik moddasidan namuna olib kelib, şartli xaridorga taqdim etgan. Şuningdek, u keyinçalik yirik miqdordagi giyohvandlik vositasini yaşirin yöllar bilan yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişgan.

Tezkor suriştiruvlar davomida fuqaro 6 kilogrammdan ortiq yaşil giyohvandlik moddasini Afğonistondan yuk avtomaşinasida, afğon çoponlari orasiga yaşirgan holda Termiz xalqaro savdo markaziga olib kirişni rejalaştirgani aniqlangan.

17-noyabr kuni davom ettirilgan tezkor tadbirda u 6 kilogramm 352 gramm giyohvandlik moddasini 15 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar