Abdumalik Nazirov energetika vaziri birinçi örinbosari böldi

Özbekiston prezidentining tegişli qarori bilan Abdumalik Abdusalimoviç Nazirov Özbekiston energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
U 2026-yil iyun oyidan buyon energetika vaziri birinçi örinbosari lavozimida işlagan va bugundan Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi direktori etib tayinlangan Umid Mamadaminovning örnini egalladi.
Abdumalik Abdusalimoviç 1984-yilda Toşkent viloyatining Piskent tumanida tuğilgan. 2005-yilda Toşkent davlat texnika universiteti bakalavriatini tamomlagan, 2007-yilda esa magistr ilmiy darajasiga ega bölgan. Şuningdek, Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi bitiruvçisi.
Nazirov öz mehnat faoliyatini 2002-yilda «Toşkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» Piskent tumani elektr taʼminoti korxonasida nazoratçi, elektromontyor vazifalaridan boşlagan. 2006-yildan Markaziy magistral elektr tarmoqlarida elektromontyor, muhandis lavozimlarida işlagan.
2009–2014-yillarda «Toşkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» Energiya sotiş xizmati guruh rahbari, 2014–2016-yillarda Davlat boşqaruvi akademiyasi tinglovçisi, 2016–2018-yillarda «Özbekenergo» DAK «Toşkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Moliya-iqtisod va energosotiş masalalari böyiça direktori, 2018–2019-yillarda «Özdavenergonazorat» inspeksiyasining energiya rejimi va yöqotişlar nazorati bölimi boşliği, 2019-yilda «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» magistral elektr tarmoqlaridan foydalaniş va strategik rivojlantiriş boş boşqarmasi boşliği, 2022-yil Energetika vazirligi elektr tarmoqlari boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritgan.
2022-yil may oyidan «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruv raisi birinçi örinbosari bölgan, 2025-yil noyabridan buyon MET boşqaruv raisi lavozimida işlayotgandi.
Şuningdek, Otabek Tölqinoviç Amanov energetika vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

O.Amanov bunga qadar Atom energiyasi agentligining AES qurilişi direksiyasi direktori örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.



