BYD yöltanlamas avtomobili Yevropada taqiqlandi

Haaga sudi Xitoyning BYD Ti7 krossoveri dizayni Jaguar Land Rover (JLR) kompaniyasining Defender yöltanlamasi körinişiga bölgan huquqlarini buzadi deb hisoblab, uni Yevropa Ittifoqida sotişni vaqtinça taqiqladi, deb xabar berdi Reuters.
Şuningdek, avtomobil işlab çiqaruvçisiga intellektual mulk böyiça nizo hal etilgunga qadar Vengriyadagi yangi zavodda uşbu modelni işlab çiqariş taqiqlandi. BYD qarordan norozi böldi va uning ustidan şikoyat qiliş niyatida.

Sud Xitoy krossoveri Defender dizaynining öziga xos elementlaridan foydalandi degan xulosaga keldi. Avtomobillar haqidagi yangiliklarga ixtisoslaşgan naşrlar ikki maşinaning öxşaşliklari sifatida burçakdor kuzov, tekis tom, vertikal nisbatlar, orqa eşik bezagi, kvadrat ğildirak arkalari va orqa yölovçi eşigi ortidagi kuzov rangiga böyalgan panelni qayd etişmoqda.
Sotuvga qöyilgan taqiq qaror çiqarilganidan bir hafta ötib kuçga kiradi. Sud bu keçiktirişni BYD hozirça Ti7 modelining Yevropa Ittifoqi bozoriga çiqişi böyiça aniq muddatlarni rejalaştirmagani bilan izohladi.
Bundan taşqari, sud jarayoni yakunlangunga qadar Xitoy kompaniyasiga Vengriyadagi 2027-yil boşida avtomobillarni ommaviy işlab çiqarişni boşlaşi kerak bölgan yangi zavodda uşbu modelni işlab çiqariş taqiqlandi. Şu bilan birga, sud tegişli vakolatga ega bölmagani sababli qarorni BYD’ning Britaniyadagi bölinmasiga nisbatan tatbiq etmadi.
JLR kompaniyasi öz intellektual mulkini himoya qilişini va zarurat tuğilganda sudga murojaat etişini bildirdi.
BYD öz navbatida, qarordan norozi va apellyatsiya beriş niyatida ekanini maʼlum qildi. Kompaniyaning taʼkidlaşiça, Ti7 mustaqil ravişda işlab çiqilgan va Jaguar Land Rover huquqlarini buzmaydi.



