Tarixdagi eng qudratli – Porsche yangi 718 Boxster xususiyatlari haqida

Porsche yangi 718 Boxster elektromobilining işlab çiqilişi haqida sözlab berdi va modelning texnik xususiyatlarini oçiqladi. Model prototiplari şu kungaça jami 4 million kilometrga yaqin masofani bosib ötdi. Kompaniyadagilarning taʼkidlaşiça, muhandislar avtomobilni 20 dan ortiq mamlakatda sinovdan ötkazgan. Prototiplar Şvetsiyaning minus 30 darajagaça bölgan qahraton qiş şaroitlarida, şuningdek, harorat plyus 51 darajaga yetgan Amerikaning Ajal vodiysida sinovlardan ötdi.
Sinov yönalişlari dengiz sathidan 86 metr pastlikdan 2750 metr balandlikkaça bölgan hududlarni qamrab oldi. Şuningdek, muhandislar beş xil standartdan foydalangan holda quvvatlaş tizimining işlaşini ham tekşirib kördi.

Maxsus işlab çiqilgan E-Core arxitekturasi 718 Boxster elektromobilining öziga xos xususiyatlaridan biriga aylandi. Akkumulyator bevosita örindiqlar ortiga - benzinli modelda içki yonuv dvigateli turadigan joyga örnatildi.
Avtomobil oğirligining 40 foizi old öqqa, 60 foizi esa orqa öqqa töğri keladi. Qayd etişiça, yengillaştirilgan konstruksiya tufayli elektr Boxter’ning umumiy vazni T-Hybrid kuç qurilmasiga ega zamonaviy 911 kabrioletlariniki bilan deyarli bir xil böladi.
Şassini yaratişda muhandislar Porsche 911 modelining bir qator yeçimlaridan foydalanişdi. Xususan, rul boşqaruvi 911 Carrera GTS’dan özlaştirildi, şuningdek, boşqariluvçi orqa ğildiraklar qöllanildi. Bundan taşqari, elektr Boxster 911 modeliga moslab işlab çiqilgan tormoz tizimi hamda elektron boşqariluvçi öz-özini bloklaydigan PTV+ differensialiga ega böladi.

Kompaniyaning maʼlum qilişiça, eng yuqori modifikatsiya tarixdagi eng qudratli 718 modeliga aylanadi. Uning 100 km/soat tezlikka erişişi uçun uç soniyadan kamroq vaqt ketadi, maksimal tezligi esa 250 km/soatdan oşadi.
Yangi 718 Boxter’ni seriyali işlab çiqariş Ştutgartdagi boş zavodda yölga qöyiladi. Elektr sportkarning jahon premyerasi 2027-yilning birinçi çoragida bölib ötadi.



