Eron MDH tarkibiga kirişi mumkin

Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) Eronga hamkor maqomini berişni rejalaştirmoqda, deb maʼlum qildi taşkilot boş kotibi Sergey Lebedev TASS agentligiga bergan intervyusida. Uning aniqlik kiritişiça, gap Eron prezidenti Masʼud Pizişkiyon 9-oktabr kuni Turkmanistonda bölib ötgan sammitda tilga olgan “MDH+” formati doirasidagi özaro hamkorlik haqida ketmoqda.
“Albatta, bu masala MDH aʼzolarida qiziqiş uyğotdi. Nazarimda, bildirilayotgan fikrlar asosan ijobiy”, - dedi Lebedev. Uning sözlariga köra, masala ijobiy hal etilsa, Eron bunday maqomni olgan birinçi davlatga aylanadi.
Pizişkiyon “MDH+” formati mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, foydali qazilmalarni qazib oliş, transport infratuzilmasi va boşqa sohalarni rivojlantiriş uçun qöşma imkoniyatlardan foydalanişga yöl oçişini taʼkidlagan edi. Xususan, Eron prezidenti “MDH+” mamlakatlari bir-birini bozordan siqib çiqariş örniga, neft, gaz va elektr energiyasini işlab çiqariş hamda yetkazib berişni muvofiqlaştirişi mumkin bölgan yagona energetika tarmoğini yaratişni taklif qilgandi. Şuningdek, Pizişkiyon sanksiyalar şaroitida savdo-sotiqni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladigan hisob-kitob va barter mexanizmlarini rivojlantiriş tarafdori ekanini bildirgan.
“MDH+” formati 2025-yil oktabr oyida Qozoğiston taşabbusi bilan taʼsis etilgan. U Hamdöstlik tarkibiga kirmaydigan davlatlar va xalqaro taşkilotlarni özaro manfaatli yönalişlar böyiça hamkorlikka jalb etişni nazarda tutadi.
Eron allaqaçon boşqa mintaqaviy integratsiya birlaşmalarida iştirok etib kelmoqda. Masalan, Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) va BRICS aʼzosi bölib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan ham iqtisodiy aloqalarni rivojlantirmoqda. 2025-yilda Tehron va YEOII örtasida tovar nomenklaturasining qariyb 90 foizini qamrab oluvçi erkin savdo töğrisidagi bitim kuçga kirdi.



