Hafta davomida harorat pasayadi

Duşanba kunduzi Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining baʼzi joylarida yomğir yoğadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Respublikaning şimoli-ğarbiy hududlari hamda eng çekka janubidan taşqarida duşanba keçga tomon, seşanba kunduzi esa respublikaning ayrim joylarida yomğir yoğişi mumkin.
Keyinçalik iş haftasi oxirigaça Özbekiston böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat 26-noyabrda Qoraqalpoğiston Respublikasida, 26-noyabrda keçqurun va 27-noyabrga ötar keçasi Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomğir yoğadi.
Harorat foni beqaror böladi, harorat kunduz kunlari +22…+27 darajadan +10…+15 darajagaça özgarib turadi. Harorat asosan keçalari +8…+13 daraja böladi.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. 23-noyabrda baʼzi joylarda baʼzida 20–22 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Ayrim toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, 24-noyabrda kuçli bölişi mumkin.
Toşkent şahrida duşanba kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +24…+26 daraja böladi, 24-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Kunduzgi harorat +15…+17 darajagaça pasayadi.
25–27-noyabr kunlari asosan yoğingarçiliksiz ob-havo böladi, faqat 26-noyabrda keçqurun va 27-noyabrga ötar keçasi yomğir yoğişi mumkin. Harorat kunduzi 25–26-noyabrda +19…+24 daraja böladi, 27-noyabrda +10…+15 darajagaça pasayadi.



