Juda issiq hafta

Qişloq xöjaligiga taʼsiri Hafta boşida havo haroratining ayrim hududlarda +27…+29 darajagaça kötarilişi kuzgi ekinlar, boğ va tokzorlarda fiziologik jarayonlarning faollaşişiga şaroit yaratişi mumkin. Xususan, kuzgi buğdoy maydonlarida iliq ob-havo ösimliklarning vegetatsiya jarayonlarini davom ettirişiga turtki beradi. Biroq bu holatning taʼsiri ekinlarning rivojlaniş fazasi, tuproq namligi va hududning mikroiqlimiy şaroitlariga boğliq.
Mevazorlar va tokzorlarda iliq kunlardan keyin haroratning tez pasayişi ösimliklarning taşqi muhitga moslaşuviga qöşimça taʼsir körsatişi mumkin. Şu bilan birga, hafta davomida yoğingarçilikning çeklanganligi tuproq namligi yetarli bölmagan maydonlarda suğorişga bölgan ehtiyojni saqlab qoladi.
Hafta oxirida şimoliy hududlarda tungi haroratning nol darajadan pastga tuşişi, toğli hududlarda esa 5 darajagaça sovuq kuzatilişi mumkin. Bu holat oçiq maydonlardagi ayrim keçki ekinlar, köçatlar va sovuqqa çidamsiz ösimliklar uçun xavf tuğdirişi ehtimoli bor. Şu sababli fermer xöjaliklariga hududiy prognozlarni hisobga oliş, issiqxonalarda harorat rejimini nazorat qiliş, yoş köçatlar va sovuqqa sezgir ekinlarni himoyalaş çoralarini köriş tavsiya etiladi.
Aholi salomatligiga taʼsiri Hafta boşida kuz oxiri uçun ğayrioddiy bölgan +25…+29 darajali iliqlikdan keyin haroratning bir neça kun içida sezilarli pasayişi organizmning termoregulyatsiya va taşqi muhitga moslaşuv tizimiga muayyan yuklama tuşirişi mumkin. Bunday özgarişlar ayrim insonlarda holsizlik, boş oğriği, uyqu tartibining buzilişi va umumiy noqulaylik bilan namoyon bölişi ehtimoli bor.
Ayniqsa, yurak-qon tomir, nafas oliş tizimi kasalliklari bilan yaşovçi insonlar, keksa yoşdagilar va bolalar taşqi muhit haroratining özgarişiga nisbatan sezgirroq bölişi mumkin. Haroratning pasayişi bilan birga şamol tezligi va havo namligining özgarişi ham insonning issiqlikni his qilişiga taʼsir körsatadi.
Yana bir eʼtiborli jihat – haftaning ikkinçi yarmida ayrim yirik şaharlar va vodiy hududlarida atmosfera barqarorligi hamda harorat inversiyasi uçun qulay şaroit şakllanişi ehtimoli. Bunday vaziyatda havo almaşinuvi susayib, transport va boşqa manbalardan çiqadigan mayda dispersli zarraçalar, xususan PM2.5 konsentratsiyasi ortişi mumkin. Bu esa nafas yöllari va yurak-qon tomir kasalliklari mavjud insonlarda kasallik alomatlarini kuçaytiriş xavfini oşiradi.
Aholiga kunduzgi iliqlikka aldanib, keçki va tungi salqinlikni eʼtiborsiz qoldirmaslik, kiyimlarni harorat özgarişiga mos tanlaş, yetarli suyuqlik isteʼmol qiliş tavsiya etiladi. Havo sifati yomonlaşgan kunlarda esa, ayniqsa, bolalar, keksalar va nafas yöllari kasalliklari bilan yaşovçi insonlar oçiq havoda uzoq vaqt jismoniy faollik bilan şuğullanişni çeklaşlari maqsadga muvofiq.



