23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Kundalik içimliklarda qança kofein yaşiringan?

Salomatlik 23.11.2026 10:20 0Kun.uz
Kundalik içimliklarda qança kofein yaşiringan?

Sönggi yillarda olimlarning kofeinga munosabati ijobiy tomonga özgardi. Uni isteʼmol qilişni salomatlikka foyda bilan tobora köproq boğlaşmoqda. Biroq kofeinni meyoridan ortiq isteʼmol qiliş ham töğri emas. Içimliklarda örtaça qança kofein borligini tuşunişga infografika yordam beradi.

Zamonaviy tadqiqotlarda kofeinning salomatlik uçun foydasi haqida tobora köproq söz bormoqda. Masalan, har kuni qahva içiş demensiya xavfining pasayişi bilan boğlanmoqda. Şuningdek, olimlarning tadqiqotlari kofein xavotir va depressiyani yengillaştirişi mumkinligini körsatgan. Qahva isteʼmolining aritmiya xavfini kamaytirişi ham qayd etilgan.

Biroq gap meyorida isteʼmol qiliş haqida ketmoqda. AQŞ Oziq-ovqat va dori vositalari sifatini nazorat qiliş boşqarmasi maʼlumotlariga köra, kuniga 400 milligrammgaça kofein isteʼmol qiliş katta yoşdagi odamlarning aksariyatida, odatda, salomatlik uçun salbiy oqibatlar bilan boğliq emas. Ammo bu meyor bolalar, ösmirlar va homilador ayollarga taalluqli emas. Amerika akuşerlar va ginekologlar kollegiyasi tavsiyalariga köra, homiladorlik davrida kofein isteʼmoli kuniga 200 milligrammdan oşmasligi kerak.

Xöş, ommabop içimliklarda qança kofein bor?

Kofein miqdori böyiça damlangan qahva yetakçi böldi. Odatda, brewed coffee deganda tomçilatib damlangan qahva, masalan, filtr-qahva yoki tomçilatib işlaydigan qahvaqaynatgiçda tayyorlangan qahva tuşuniladi. Bunday qahvaning 16 unsiyasida - taxminan 473 millilitrida - örtaça 192 milligramm kofein bor. Bu kunlik eng yuqori miqdorning qariyb 48 foizini taşkil etadi.

Xuddi şunday hajmdagi energetik içimlikda taxminan 144 milligramm kofein bölib, bu kunlik eng yuqori miqdorning 36 foiziga teng. Uçinçi örinni esa sakkiz unsiyalik, yaʼni 237 millilitrlik bir piyola damlangan qahva egallagan - unda 96 milligramm kofein bor.

Espressoning bir porsiyasida - bir unsiya yoki 29,6 millilitrida - 64 milligramm kofein mavjud. Bir piyola issiq qora çoyda esa - sakkiz unsiya yoki 237 millilitrda - 48 milligramm kofein bor. Darvoqe, şişaga qadoqlangan çoyda kofein kamroq: 473 millilitrda 45 milligramm.

Kolada ham kofein bor: parhezbop turida 43 milligramm, oddiysida esa 33 milligramm. Bu yerda gap 12 unsiyalik, yaʼni 355 millilitrlik porsiya haqida ketmoqda.

Bir piyola kök çoyda 29 milligramm kofein mavjud. Issiq şokoladda ham kofein bor - bir piyolasida yetti milligramm. Hatto kofeinsiz qahvada ham kofein uçraydi, ammo bir piyolasida atigi ikki milligramm böladi.

O‘xshash yangiliklar