Nişon va Mirzaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Ğayratjon Sultonoviç Hamroyev Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi, deya maʼlum qildi viloyat hokimligi.

Ğayratjon Hamroyev 1985-yil Kasbi tumanida tuğilgan, Qarşi muhandislik iqtisodiyot instituti va Prezident huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Faoliyati davomida u Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi boşliği hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi boşliği vazifalarida ham işlagan.
Tayinlovga qadar viloyat hokimligida şuʼba mudiri lavozimida işlab kelayotgandi.
Maʼlumot uçun, Nişon tumaniga 2023-yil oktabridan buyon Botir Toğayev rahbarlik qilib kelayotgandi. U joriy yil oktabrida Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi direktorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Begmurod Miryakuboviç Akbarov Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi.

Begmurod Akbarov 1984-yilda tuğilgan, 2005-yilda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutini, 2015-yilda Prezident huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog, davlat va jamiyat boşqaruvi.
U şu kunga qadar Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Sirdaryo viloyati böyiça loyiha ofisi rahbari lavozimida işlab kelayotgandi.



