27.11.2026, Juma+8.7°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+8.7°CToshkent$11 987.89 27.11.2026

Prezident Farğona viloyatini iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor vazifalarini belgiladi

Iqtisod 26.11.2026 21:59 0Kun.uz
Prezident Farğona viloyatini iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor vazifalarini belgiladi

Yiğilişda qayd qilinişiça, joriy yil yakuniga köra viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 9,6 foizga, sanoat 8,5 foizga, xizmatlar hajmi 16,3 foizga ösişi kutilmoqda.

Davlat rahbari viloyat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida hali işga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini, ularni röyobga çiqariş orqali aholi daromadlari va turmuş darajasini sezilarli oşiriş mumkinligini taʼkidladi.

Sönggi kunlarda xorijlik investorlar bilan ötkazilgan uçraşuvlarda energetika, quriliş materiallari sanoati, elektrotexnika va farmatsevtika sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça qator kelişuvlarga erişilgani qayd etildi.

Farğona viloyatida ham uşbu tarmoqlarni jadal rivojlantiriş uçun katta salohiyat mavjud. Bu borada umumiy qiymati kamida 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarining portfeli şakllantirilgan.

Viloyat sanoatini rivojlantirişning yangi modeliga ötiş böyiça takliflar bildirildi. Bunda istiqbolda talab yuqori böladigan mahsulotlar işlab çiqarişni özlaştiriş, yirik sanoat korxonalari atrofida tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytiriş, ilğor texnologiyalar va zamonaviy boşqaruv usullarini joriy etiş orqali korxonalar samaradorligini oşiriş nazarda tutilmoqda.

Özbekiston, Beşariq va Farğona tumanlaridagi qariyb 1,5 ming gektar samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarida maxsus sanoat zonalarini taşkil etiş taklifi maʼqullandi.

Şuningdek, Farğona şahrida kimyo sanoati korxonalarining böş turgan 24 gektar maydonida innovatsion texnopark taşkil etib, 300 million dollarlik loyihalarni joylaştiriş, “Eltexsanoat” texnoparki hududini qöşimça 70 gektarga kengaytiriş va Danğara tumanida uning filialini oçiş böyiça takliflar körib çiqildi.

Viloyatning tuman va şaharlarida xorijlik şeriklar bilan hamkorlikda quriliş materiallari, kabel mahsulotlari, şamol turbinalari, elektrobuslar, quyoş panellari uçun mikroçiplar, elektroskuterlar uçun akkumulyatorlar, avtomobil ehtiyot qismlari va maişiy texnika işlab çiqariş böyiça istiqbolli loyihalar taqdimot qilindi.

Mavjud imkoniyatlarni işga soliş hisobiga 2027-yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmini kamida 10 foizga, sanoat işlab çiqarişini 9 foizga oşiriş, 6,1 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va eksport hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.

Yiğilişda viloyatning turizm salohiyatidan samarali foydalaniş böyiça rejalar ham körib çiqildi.

O‘xshash yangiliklar