23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Toşkentda yölga çizilmaydigan «zebra» paydo böldi

Jamiyat 23.11.2026 08:50 0Kun.uz
Toşkentda yölga çizilmaydigan «zebra» paydo böldi

Bu haqda Toşkent şahar Yöl harakatini taşkil etiş markazi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, poytaxtda piyodalar xavfsizligini oşiriş maqsadida ilğor xorijiy tajribaga asoslangan proyeksion piyodalar ötiş joyi texnologiyasi sinovdan ötkazilmoqda.

Anʼanaviy «zebra»dan farqli ravişda, yangi ötiş joyining çiziqlari asfaltga böyoq bilan çizilmaydi, balki maxsus qurilma yordamida yöl yuzasida yoruğlik orqali aks ettiriladi.

Markaz maʼlumotiga köra, bunday texnologiyaning bir qator afzalliklari mavjud. Xususan, yoruğlik «zebra»si tunda, yomğirli va tumanli ob-havoda ham körinib turişiga möljallangan.

Şuningdek, u qor bilan qoplanib qolmaydi va avtomobillar ğildiraklari taʼsirida yedirilmaydi. Çiziqlarni muntazam qayta böyaşga ham ehtiyoj qolmaydi.

Yangi texnologiya haydovçilarning piyodalar ötiş joyini uzoqroq masofadan payqaşi va tezlikni öz vaqtida pasaytirişiga yordam berişi kutilmoqda.

Toşkentdagi birinçi bunday piyodalar ötiş joyi Qumariq köçasida sinov tariqasida örnatildi.

Agar texnologiya turli ob-havo şaroitlarida öz samaradorligini isbotlasa, kelgusida yoruğlik «zebra»lari poytaxtning boşqa hududlarida ham joriy etilişi mumkin.

O‘xshash yangiliklar