Umid Mamadaminov energetika vaziri örinbosari lavozimidan ketdi

Umid Mahmudoviç Mamadaminov Özbekiston Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Umid Mamadaminov 2023-yil avgust oyidan energetika vaziri örinbosari, 2026-yil iyun oyidan energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlayotgandi.
U 1983-yilda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tuğilgan. 2006-yilda Toşkent davlat texnika universitetini (bakalavriat), 2015-yilda Oregon texnologiya institutini (AQŞ) tamomlagan.
Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi 2023-yil sentabr oyida taşkil etilgan. Uning vazifalari qatoriga elektr energiyasining ulgurji va çakana bozorlarini bosqiçma-bosqiç yaratiş, elektr energiyasini uzatiş va taqsimlaş uçun tariflar hamda tölovlar miqdorini tasdiqlaş va boşqalar kiradi.
Agentlikka joriy yil iyuliga qadar Şerzod Xöjayev direktor edi, u energetika vaziri lavozimiga ötkazilgaç, agentlik rahbarligi böş turgandi.



