28.11.2026, Shanba+10.9°CToshkentUSD12 002.10EUR13 166.30RUB146.02
+10.9°CToshkent$12 002.10 28.11.2026

Xorijliklar uçun ikki darajali «Özbekiston ehtiromi» ordeni taʼsis etiladi

Jamiyat 27.11.2026 20:07 0Kun.uz
Xorijliklar uçun ikki darajali «Özbekiston ehtiromi» ordeni taʼsis etiladi

Oliy Majlis Senatining yigirma birinçi yalpi majlisida «Özbekiston ehtiromi» ordenini taʼsis etiş töğrisidagi qonun maʼqullandi.

Qonunga muvofiq, xorijiy fuqarolarning Özbekiston bilan hamkorlikni rivojlantiriş, strategik şeriklikni mustahkamlaş, tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş, şuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirişga qöşgan hissasi uçun yangi davlat mukofoti joriy etiladi.

Yangi orden ikki darajadan iborat böladi: «Oliy darajali Özbekiston ehtiromi» va «Özbekiston ehtiromi».

Oliy darajali orden bilan xorijiy davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, şuningdek, xorijiy davlatlarning taniqli davlat va jamoat arboblari taqdirlanişi belgilangan.

«Özbekiston ehtiromi» ordeni esa mamlakatimizning xalqaro nufuzini oşiriş va turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga munosib hissa qöşgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, yirik kompaniyalar rahbarlari, Özbekistondagi xorijiy davlatlar elçilari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda boşqa xorijiy fuqarolarga beriladi.

Şuningdek, qonunda orden bilan taqdirlaş tartibi, uning nizomi va tavsifi belgilanib, «Davlat mukofotlari töğrisida»gi qonunga tegişli özgartirişlar kiritilmoqda.

Senatorlarning taʼkidlaşiça, yangi davlat mukofotining taʼsis etilişi Özbekistonning xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarini mustahkamlaş, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş hamda mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oşirişga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar