23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Yölga çizilmaydigan «zebra» va 70 yoşli kuyovlar - mahalliy dayjest

O'zbekiston 23.11.2026 19:24 0Kun.uz
Yölga çizilmaydigan «zebra» va 70 yoşli kuyovlar - mahalliy dayjest

Toşkentda yölga çizilmaydigan «zebra» paydo böldi

Toşkentning Qumariq köçasida yoruğlik yordamida aks ettiriladigan piyodalar ötiş joyi sinov tariqasida örnatildi. Yangi texnologiyaning öziga xosligi şundaki, «zebra» asfaltga böyoq bilan çizilmaydi.

Toşkent şahri Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabariga köra, poytaxtda piyodalar xavfsizligini oşiriş maqsadida ilğor xorijiy tajribaga asoslangan proyeksion ötiş joyi texnologiyasi sinovdan ötkazilmoqda. Anʼanaviy «zebra»dan farqli ravişda, yangi ötiş joyining çiziqlari asfaltga böyoq bilan çizilmaydi, balki maxsus qurilma yordamida yoruğlik orqali aks ettiriladi.

Markaz maʼlumotiga köra, bunday texnologiyaning bir qator afzalliklari mavjud. Xususan, yoruğlik «zebra»si tunda, yomğirli va tumanli ob-havoda ham körinib turişiga möljallangan.

70 yoşdan oşgan 218 nafar erkak uylandi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 60 yoşdan katta 1031 nafar erkak rasmiy nikohdan ötgan. Ularning 218 nafari 70 yoş va undan katta yoşdagilarni taşkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi.

Qömita maʼlumotlariga köra, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida mamlakat böyiça FHDO organlarida jami 172 mingta nikoh qayd etilgan.

Uşbu davrda nikohdan ötgan erkaklarning aksariyati 20–30 yoş toifasiga töğri kelmoqda.

Toşkentda havoning ifloslaniş darajasi ortişi mumkin

Qozoğiston hududidan havo oqimlari orqali Toşkent viloyati va Toşkent şahriga transçegaraviy çang massalari kirib kelayotgani kuzatilmoqda, deb xabar berdi «Özgidromet».

Taʼkidlanişiça, sönggi 5 kun davomida poytaxtda yoğingarçilik bölmagan, şamol tezligi nisbatan past va havo almaşinuvi sust bölgan, bu esa şahar atmosferasida ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini qiyinlaştirgan.

«Özgidromet»ning atmosfera havosi sifatini monitoring qiliş avtomatik stansiyalari maʼlumotlariga köra, hozirça Toşkent şahri hududidagi stansiyalarda ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasi sezilarli ortişi qayd etilmagan.

Firibgarlar keşbek foydalanuvçilariga hujum qildi

Telegram messenjerida göyo Soliq qömitasi nomidan taşkil etilgan va kiberfiribgarlar tomonidan boşqarilayotgan 50 ga yaqin yopiq va oçiq guruhlar, kanal hamda botlar aniqlangan.

Qömita xabariga köra, firibgarlar uşbu resurslar orqali keşbek çeklarini sotişga uriniş, pul evaziga ijara şartnomalarini rasmiylaştirişga undaş, «keşbek orqali pul işlab oling» referal aksiyalarini ötkaziş bilan şuğullanmoqda. Bundan taşqari, Soliq qömitasi nomidan turli xildagi xabarlar va xavfli ilovalarni tarqatiş kabi harakatlar amalga oşirilmoqda.

Qömita aniqlangan holatlar yuzasidan kiberxavfsizlik xizmati va messenjerning texnik qöllab-quvvatlaş xizmatiga rasmiy murojaat yuborgan. Soliq qömitasi norasmiy kanallarga kirmaslik, ularga obuna bölmaslik va ularni boşqalarga tarqatmaslikka çaqirmoqda.

O‘xshash yangiliklar