Özbekiston taşabbuslari Jahon bojxona taşkiloti sessiyasida qöllab-quvvatlandi

Xalqaro tadbir doirasida Uyğunlaştirilgan tizimning 2033-yilgi yangi tahririni işlab çiqiş, amaldagi tovar nomenklaturasini takomillaştiriş hamda unga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş masalalari muhokama qilinmoqda.
Bojxona qömitasi maʼlumotiga köra, sessiya kun tartibidan Özbekiston Respublikasi Bojxona qömitasi tomonidan ilgari surilgan uçta taklif ham örin olgan. Xususan, inson va hayvon qiyofasidagi robotlarni xalqaro tovar nomenklaturasida tasniflaş masalasi ekspertlar eʼtiboriga havola etildi.
Muhokamalarda qömitaning rasmiy vakili, Özbekiston Respublikasining Belgiyadagi elçixonasi maslahatçisi L. Atoyev mamlakatimiz bojxona maʼmuriyati nomidan sözga çiqdi. U ilgari surilgan takliflarning maqsadi hamda amaliy ahamiyatini tuşuntirib, bahslarda faol iştirok etdi.
Ayniqsa, robotlarni xalqaro miqyosda tasniflaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan Özbekiston taşabbusi qator davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi. Natijada uşbu masalani keyingi texnik muhokamalar doirasida davom ettiriş hamda Jahon bojxona taşkiloti Kotibiyati tomonidan yangilangan işçi hujjat tayyorlaş yuzasidan kelişuvga erişildi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA



