Zarbdor va Oltiariq tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga yangi rahbar tayinlandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga köra, 23-noyabr kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körilib, Zarifjon Omonqulov tumanning yangi hokimi lavozimiga tavsiya etilgan. Deputatlar bir ovozdan uşbu nomzodni tuman hokimligiga tasdiqlaşgan.

Zarifjon Omonqulov şu vaqtgaça Zomin tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari, tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Zarbdor tumani 2025-yil yanvaridan Bekzod Toşpölatov rahbarlik qilayotgandi. Muqaddam Jizzax viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan Toşpölatov joriy yil noyabr oyi boşida işdan ketgani aytilgandi, lekin uning isteʼfosi haqida rasman xabar berilmagandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning işdan olinişi tuman hududidagi boğçalardan birining mudirasi öz turmuş örtoği tomonidan öldirilişi voqeasi bilan boğlangandi (xabarlarda hokim va mudira örtasida işqiy munosabatlar bölgani aytilgan).
Bugun Farğona viloyatining Oltiariq tumaniga ham yangi hokim tayinlandi.

Xalq deputatlari Oltiariq tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Jumanov Jahongir Sabitalieviç nomzodi tuman deputatlari tomonidan yakdillik bilan qöllab-quvvatlangan



