Özbekiston 2027-yilda sayohat qiliş uçun eng xavfsiz mamlakatlar röyxatiga kirdi

CEOWORLD Magazine naşri tomonidan eʼlon qilingan 2027-yilgi Travel Safety Ranking reytingida Özbekiston sayohat xavfsizligi darajasi juda yuqori deb baholangan mamlakatlar qatoridan joy oldi, deya xabar berdi Turizm qömitasi.
Reytingda Özbekiston 81,03 ball bilan «eng yuqori xavfsizlik» toifasiga kiritilgan. Bunda mamlakatdagi tinçlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda içki osoyiştalik asosiy omillar sifatida baholangan.
Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari ham reytingda xavfsizlik darajasi «yuqori» bölgan mamlakatlar sifatida körsatilgan. Qozoğiston 44-örin (76,8 ball), Turkmaniston 57-örin (72,4 ball), Qirğiziston 65-örin (70,3 ball) va Tojikiston 73-örinni (68,1 ball) egallagan.
Reytingning dastlabki beştaligidan Singapur (89,72 ball), Yaponiya (88,9 ball), Islandiya (88,7 ball), Sloveniya (88,6 ball) va Şveysariya (88,4 ball) joy oldi.
Eng quyi örinlarda Rossiya (194-örin, 20,67 ball), Yaman (195-örin, 20,55 ball), Janubiy Sudan (196-örin, 19,26 ball), Afğoniston (197-örin, 18,48 ball) va Gaiti (198-örin, 12,98 ball) qayd etilgan.
Maʼlumot uçun, CEOWORLD Magazine xalqaro biznes, iqtisodiyot, moliya, texnologiya va sayohat yönalişlarini yorituvçi ingliz tilidagi onlayn naşr hisoblanadi. Uning auditoriyasi dunyoning 180 dan ortiq mamlakatidagi 12,4 mln nafardan ziyod öquvçini qamrab oladi.



