Özbekistonda 70 yoşdan oşgan 218 nafar erkak uylandi

Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi.
Qömita maʼlumotlariga köra, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida mamlakat böyiça FHDO organlarida jami 172 mingta nikoh qayd etilgan.
Uşbu davrda nikohdan ötgan erkaklarning aksariyati 20–30 yoş toifasiga töğri kelgan.
Nikoh qurgan erkaklar yoş guruhlari böyiça quyidagiça taqsimlangan:
20 yoşgaça - 3 093 nafar;
20–30 yoş - 141 620 nafar;
31–40 yoş - 19 005 nafar;
41–50 yoş - 4 967 nafar;
51–60 yoş - 2 310 nafar;
61–69 yoş - 813 nafar;
70 yoş va undan kattalar - 218 nafar.
Şunday qilib, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida 61 yoş va undan katta 1 031 nafar erkak rasmiy ravişda oila qurgan.
Statistikaga köra, nikohlarning asosiy qismi 20–30 yoşdagi erkaklar hissasiga töğri kelgan.



