23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Soliq qömitasi ogohlantiriş bilan çiqdi

O'zbekiston 23.11.2026 09:21 0Qalampir
Soliq qömitasi ogohlantiriş bilan çiqdi

Telegram messenjerida Soliq qömitasi nomidan faoliyat yuritayotgan kiberfiribgarlarga tegişli 50 ga yaqin yopiq va oçiq guruh, kanal hamda bot aniqlandi. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.

Qömita Kiberxavfsizlik xizmati ötkazgan monitoring davomida aniqlangan mazkur resurslar orqali foydalanuvçilarga soxta takliflar berilayotgani ma’lum bölgan.

Xususan, firibgarlar keşbek çeklarini sotişga urinişi, pul evaziga ijara şartnomalarini rasmiylaştirişni taklif qilişi, “keşbek orqali pul işlang” mazmunidagi referal aksiyalarni tarqatişi aniqlangan. Şuningdek, ular qömita nomidan turli xabarlar va xavfli ilovalarni tarqatgan.

Aniqlangan resurslar orasida soliquz_chek_keshbek, SoliqUz_keshbeklar, Soliqmobilxizmati, SoliqUzbDavlat_bot va keshbek_soliqbot kabi nomlar bor.

Qayd etilişiça, holatlar yuzasidan Soliq qömitasi Kiberxavfsizlik xizmati Telegram’ning texnik qöllab-quvvatlaş xizmatiga rasmiy murojaat yuborgan.

Qömita fuqarolarni norasmiy kanal va guruhlarga qöşilmaslik, ulardagi havolalarni oçmaslik hamda bunday manbalardan olingan ilovalarni qurilmalarga örnatmaslikka çaqirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qömitasi raisi nomidan oçilgan soxta akkaunt orqali idora xodimlariga turli xabarlar yuborilayotgani haqida xabar berilgan edi.

O‘xshash yangiliklar