Toşkentda 3 yaşar bolasining boş kiyimiga “geroin” yaşirgan ota uşlandi

Toşkentning Yaşnobod tumanida içki işlar xodimlaridan “geroin”ni yaşiriş maqsadida uni 3 yaşar farzandining boş kiyimiga joylagan erkak uşlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Yaşnobod tumanida Tracker rusumli avtomobil töxtatilgan. Maşinani boşqarib kelayotgan şaxsning xatti-harakatlari xodimlarda şubha uyğotgan.
Tekşiruv davomida avtomobilda bölgan fuqaroning 3 yoşli farzandi boş kiyimiga yaşirilgan “geroin” moddasi aniqlangan. Erkak uşbu moddani içki işlar xodimlaridan qörqib, farzandining şapkasi içiga yaşirganini tan olgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Bundan taşqari, tumanda ötkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida şubhali fuqaro töxtatilib, xolislar iştirokida tekşirilgan. Uning yonidan izolyatsion lenta bilan öralgan ikki dona giyohvandlik moddasi topilgan.
Suriştiruv davomida fuqaro yana 28 ta şunday moddani turli manzillarga yaşirib qöyganini ma’lum qilgan. Şundan söng uşbu moddalar ham xolislar iştirokida olib qöyilib, belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan. Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va qamoqqa oliş ehtiyot çorasi tanlangan.
Şuningdek, içki işlar organlari xodimlari tomonidan olingan ma’lumot asosida Akmal ismli şaxsning xonadoni közdan keçirilgan. Xonadon qozonxonasida quritiş uçun saqlab qöyilgan, ötkir hidli ötsimon modda aniqlangan va xolislar iştirokida olib qöyilgan. Hozirda uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryoda yuk avtomobili porşenlari va disk qismlariga yaşirilgan 2 kg 145,2 gramm “opiy” hamda 1 kg 3 gramm “geroin” olib kirişga uriniş foş etilgani haqida xabar berilgan edi.



