Turkiyada Özjan Deniz, Burju Özberk va yana 21 nafar maşhur qölga olindi

Turkiyada narkotik moddalar bilan boğliq tergov doirasida taniqli şaxslarga qarşi navbatdagi operatsiya ötkazildi. Natijada 23 kişi, jumladan, xonanda Özjan Deniz hamda aktrisalar Deniz Çaqir va Burju Özberk qölga olindi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Istanbul Boş prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida jami 35 nafar gumonlanuvçini qölga oliş haqida qaror çiqarilgan. Ularning 23 nafari uşlangan.
Qölga olinganlar orasida Deniz Sözen, Mehmet Jan Karji, Murat Jeylan, Deniz Çaqir Baykal, Pinar Bent, Jeylan Kaya, Işil Işik Demir, Ibrohim Izzat Özilxon, Burhan Karaja, Jem Guler, Erdal Bözquş, Ibrohim Yilmaz, Özjan Deniz, Sagar Şojay, Ilknur Şahin, Burju Özberk, Meltem Özkayadan, Seher Grote Sevdisan, Murat Başöğli, Ufuk Gundoğdu, Onur Yuksel, Jansu Taşkin va Muammer Kapujuöğli bor.
Prokuratura bayonotiga köra, tergov fohişalik, giyohvandlik yoki psixotrop moddalar savdosi, şuningdek, ularni sotib oliş, iste’mol qiliş va saqlaş bilan boğliq jinoyatlar yuzasidan olib borilmoqda.
Gumonlanuvçilarning körsatmalari, guvohlarning bayonotlari, mobil telefonlar va boşqa raqamli materiallar böyiça ekspertiza xulosalari, şuningdek, maxfiy guvohlarning körsatmalari örganilgan. Şundan söng 35 kişini giyohvand moddalarni iste’mol qiliş yoki saqlaşda gumon qilib qölga oliş haqida qaror çiqarilgan.
Narkotik moddalar bilan boğliq operatsiyalar davomida uşlangan gumonlanuvçilar tibbiy körikdan ötkazilgaç, narkotik moddalar böyiça tahlil topşiriş uçun Sud-tibbiy ekspertiza institutiga olib boriladi. Şundan söng ular prokuraturada körsatma beradi. Keyin gumonlanuvçilarni ozod qiliş yoki sudga yuboriş böyiça qaror qabul qilinadi.
Ma’lumot uçun, Istanbul Boş prokuraturasi tomonidan taniqli şaxslarga nisbatan olib borilayotgan tergov doirasida 2025 yil 8 oktyabrdan buyon köplab operatsiyalar ötkazilgan. Tergov davomida musiqaçilar, aktyorlar, menejerlar va tadbirkorlar ham körsatma bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Bakirköy tumani prokuraturasi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi böyiça 18 kişini uşlab turiş haqida qaror çiqargandi. Ularning orasida özbekistonlik tomoşabinlarga “Muhtaşam yuz yil” va “Çuqur” seriallari orqali taniş bölgan aktyor Aras Bulut Iynemli ham bor edi.



