Bir maktub, ming tuyğu, million qalb...

Har bir satrida mehr, har bir sözida hayotiy hikmat, har bir jumlasida esa farzand kelajagi uçun qayğuriş, uning tarbiyasi va taqdiriga daxldorlik hissi bor edi.
Maktubni öqib bölgaç, beixtiyor közlarim farzandlarimga tuşdi. Ularning beğubor nigohlariga qarab, özimça öyga toldim. Bugun biz mehr bilan tarbiyalayotgan bolalar ertaga qanday inson bölib voyaga yetadi? Ularning kelajagi, orzu-umidlari qanday böladi?
Bu maktubni şunçaki Prezidentning nabirasiga yöllagan murojaati sifatida emas, avvalo, nabirasiga hayot saboqlarini qoldirişni istagan mehribon boboning dil izhori sifatida qabul qildim. Zimmasida butun bir mamlakatning masʼuliyati, millionlab insonlarning taqdiri turgan insonning ham oilasi, farzandlari, nabiralari haqida öylaydigan mehribon qalbi borligi meni çuqur taʼsirlantirdi.
Ikki farzandning onasiman. Ona bölganimdan buyon hayotga qaraşim butunlay özgargan. Endi har bir kunim, har bir harakatim, hatto ertalab közimni oçişimning ham öz maʼnosi bor. Farzandlarimning kulgisi — quvonçim, ularning soğlomligi — baxtim, tinçgina uxlab yotganini köriş esa men uçun eng katta xotirjamlik.
Baʼzan bolalarimning boşini silab, uxlab yotgan yuzlariga uzoq termilib qolaman. Ona qalbidan ötadigan öşa birgina tilakni men ham takrorlayman: Ilohim, bolalarimning bolaligi baxtli ötsin, boşlaridan tinçlik, yuzlaridan tabassum arimasin. Heç qanday taşviş, xavf-xatar ularning beğubor dunyosiga soya solmasin.
Yurtboşimizning maktubini öqib, yana bir tuyğuni yurakdan his qildim: men ham şu yurtning farzandiman. Şu Vatanning bir bölagiman. Farzandlarimiz ham şu zaminda ulğayayotgan, kelajagini Özbekiston bilan boğlagan avlod vakillaridir.
Bugun osmonimiz musaffo, tonglarimiz tinç, xonadonlarimizda xotirjamlik hukm surayotgani naqadar katta baxt! Bolalarimizni xavotirsiz maktabga kuzatişimiz, ularning orzu qilişlari, bilim olişlari, kelajak haqida rejalar tuzişlari uçun imkoniyatlar borligi – bularning barçasi qadriga yetişimiz kerak bölgan neʼmatlar.
Baʼzan kundalik yumuşlar, turmuş taşvişlari bilan yurib, ana şu oddiydek köringan baxtlarning qadrini ham unutib qöyamiz. Ammo ona uçun farzandining soğlom uyğonişi, uyidagi osoyiştalik, bolalarining şodon kulgisi kabi baxt bormi?
Ona qalbi doimo farzandining ertasi bilan yaşaydi. Dunyodagi turli notinçliklar, bolalarning taqdiri, tinçlikning qadri haqida öylaydi. Men ham farzandlarimning qölidan tutib, ularni hayot yöliga kuzatar ekanman, eng avvalo, tinç yurtda yaşayotganimizga şukr qilaman. Zero, tinçlik bor joyda orzular böladi, umidlar yaşaydi, kelajakka işonç mustahkamlanadi.
Maktub menga farzand tarbiyasi haqida ham yana bir bor öylaşga turtki berdi. Albatta, har bir ota-ona farzandiga eng yaxşi şaroit yaratişni, yaxşi kiydirişni, puxta taʼlim berişni istaydi. Ammo öylab qarasam, farzandlarimizga qoldiradigan eng katta merosimiz boylik yoki mol-mulk emas, balki ularning qalbiga singdirgan tarbiyamizdir.
Ularni halollikka, mehr-oqibatga, inson qadrini bilişga, Vatanni sevişga, tinçlikni asraşga örgatişimiz kerak. Çunki bolalar köpinça biz aytgan gaplardan emas, balki qilgan işlarimizdan örnak oladilar. Agar ularning qalbida şukronalik bölişini istasak, avvalo, özimiz bor neʼmatlarning qadriga yetib yaşaşimiz lozim. Agar mehrni örgatmoqçi bölsak, ularga mehr berişdan çarçamasligimiz kerak.
Maktubdagi samimiyat menga bir haqiqatni yana bir bor anglatdi. Baʼzan eng katta hayotiy saboqlar uzun nasihatlarda emas, yurakdan çiqqan bir oğiz sözda, mehr bilan yozilgan oddiy maktubda yaşaydi. Boboning nabirasiga aytgan samimiy gaplari nafaqat bir bolaga, balki butun bir avlodga örnak bölişi mumkin. Bu — sözning taʼsiri, mehrning qudrati.
Bugun farzandlarimga qarab, ularning kelajagi uçun masʼuliyatimni yanada çuqurroq his qilyapman. Ular tinç yurtda ulğaysin, yaxşi taʼlim olsin, orzu qilsin, öz iqtidori va mehnati bilan el-yurtga naf keltiradigan insonlar bölib yetişsin. Ona sifatida esa ularning qalbiga mehr, halollik, Vatanga sadoqat va yaxşilikka intiliş tuyğularini singdirişga harakat qilaman.
Prezidentimizning nabirasiga yöllagan maktubi qalbimda ana şunday öylar va ezgu niyatlarni uyğotdi. Uni öqib, oila, farzand, tarbiya va Vatan haqida yana bir bor muşohada qildim. Men ham şu yurtning bir farzandiman, şu yurtda bola tarbiyalayotgan onaman. Farzandlarimning baxtli kelajagini ham aynan şu Vatanning tinçligi va ravnaqi bilan boğlayman.
Bugun farzandlarimning qölidan tutib, osmonimiz musaffo, yurtimiz tinç ekaniga şukr qilib yaşayapman. Tinç tonglar, osoyişta tunlar, bolalarimning beğubor kulgisi — men uçun eng katta boylik.
Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, xonadonlarimizdan mehr-oqibat va xotirjamlik arimasin. Zero, ona uçun farzandining baxtidan, uning tinç va osuda hayotidan ortiqroq neʼmat yöq.
Baʼzan birgina maktub insonni uzoq öylarga toldiradi, qalbida unutilayozgan tuyğularni qayta uyğotadi. Bu maktub ham menga şukronalikni, farzandlarim oldidagi masʼuliyatimni va Vatan tinçligining qadrini yanada çuqurroq anglatdi.
Bir maktub — bir onaning qalbida ming tuyğu uyğotdi. Balki bu tuyğular bugun millionlab qalblarga ham yaqindir.
Sevara Muhiddinova,
Botir Zokirov nomidagi
Milliy estrada sanʼati instituti bölim boşliği.
ÖzA



