Ukrainaning Liviyadagi hujumiga javob “öta oğriqli” böladi – Kreml

Rossiya harbiylari har kuni Ukrainaning harbiy infratuzilmasiga keng kölamli kompleks zarbalar berişda davom etmoqda va bu amaliyot Kiyev uçun “öta va öta oğriqli oqibatlarga” olib kelmoqda. Bu haqda bugun, 23 noyabr kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina Qurolli kuçlarining Liviya qirğoqlari yaqinida Rossiya kemasiga uyuştirgan hujumini izohlar ekan ma’lum qildi.
Brifing çoğida jurnalistlar Peskovdan Liviya sohillari yaqinida Rossiyaning “Merkuriy” korvetiga qilingan hujum hamda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning uşbu hujumga Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) aloqadorligi haqidagi bayonotiga izoh berişni söragan.
“Bu bilan mudofaa idoramiz şuğullanmoqda. Agar maqsadga muvofiq deb topilsa, ma’lumotlar ham mudofaa idorasi yönalişi orqali taqdim etiladi”, deydi Peskov.
Kreml vakili Moskva Zelenskiyning bayonotiga e’tibor qaratganini bildirgan.
Rossiyaning Liviya va Boltiq dengizidagi hujumlarga ehtimoliy harbiy javobi haqidagi savolga javob berar ekan, Peskov Rossiya qöşinlari Ukraina harbiy ob’ektlariga zarba berişda davom etayotganini ma’lum qilgan.
“Duşman zarba berişga urinişlarni davom ettirmoqda. Biz maxsus harbiy operatsiyamizni davom ettiryapmiz. Harbiylarimiz har kuni Ukrainadagi harbiy infratuzilmaga keng kölamli kompleks zarbalar beriş amaliyotini davom ettirmoqda. Bu amaliyot Kiyev rejimi uçun öta va öta oğriqli oqibatlarni qoldirmoqda”, deydi Peskov.
U, şuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yaqinda Şençjenda bildirgan uşbu amaliyot va Rossiya harbiylarining yönalişi davom ettirilişi haqidagi bayonotini eslatib ötgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Liviyaning şarqidagi Benğozi dengiz bazasida Rossiya harbiy kemasiga dronlar hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Hujum oqibatida “Merkuriy” korvetiga jiddiy zarar yetgan va baza hududida yonğin çiqqan.



