23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Hafta davomida havo harorati 27 darajagacha ko‘tarilib, keyin keskin pasayadi

O'zbekiston 23.11.2026 17:22 0Repost
Hafta davomida havo harorati 27 darajagacha ko‘tarilib, keyin keskin pasayadi

O‘zbekistonda 23–27-noyabr kunlari o‘zgaruvchan ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23-noyabr kuni kechga tomon va 24-noyabrda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari hamda eng chekka janubidan tashqari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha mamlakatning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Biroq 26-noyabrda Qoraqalpog‘istonda, 26-noyabr kuni kechqurun va 27-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Hafta davomida havo harorati o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunduzgi harorat 22–27 daraja iliqdan 10–15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Kechalari esa asosan 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Vaqti-vaqti bilan uning tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. 23-noyabrda shamol tezligi ba’zi joylarda sekundiga 20–22 metrgacha yetishi ehtimoli bor.

Ayrim tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. 24-noyabrda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahrida 24-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, kunduzgi harorat 15–17 darajagacha pasayadi.

25–27-noyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat 26-noyabr kuni kechqurun va 27-noyabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

25–26-noyabrda kunduzgi harorat 19–24 daraja iliq bo‘lsa, 27-noyabrda 10–15 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

O‘xshash yangiliklar