23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Mirzaobod va Nishon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

O'zbekiston 23.11.2026 11:31 0Repost
Mirzaobod va Nishon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod hamda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimliklari xabar berdi.

Mirzaobod tumani xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Begmurod Akbarov tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Tayinlovga qadar u Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Sirdaryo viloyati bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida G‘ayratjon Hamroyev tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati hokimligida sho‘ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

O‘xshash yangiliklar