23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Namanganda noqonuniy baliq ovlagan ikki fuqaro tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

O'zbekiston 20.11.2026 12:01 0Repost
Namanganda noqonuniy baliq ovlagan ikki fuqaro tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Namangan viloyatining Pop tumanida noqonuniy baliq ovlash oqibatida tabiatga 1 mlrd 25 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat Ekopolitsiyasi tezkor guruhi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Pop tumanining “Yakkatut” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlash holati aniqlangan.

Mingbuloq tumanida yashovchi A.U. va To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.A. elektr toki yordamida 7 turga mansub jami 31 ta baliqni noqonuniy ovlagan.

Tekshiruv davomida tutilgan baliqlarning 8 tasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori (shimbaliq) turiga mansub ekani tasdiqlangan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, huquqbuzarlar tomonidan hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar 1 mlrd 25 mln so‘mni tashkil etgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda to‘plangan materiallar va ashyoviy dalillar prokuratura organlariga yuborilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

O‘xshash yangiliklar