23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

O‘zbekistonda “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi

O'zbekiston 23.11.2026 11:35 0Repost
O‘zbekistonda “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi. Bu prezidentning 21-noyabrdagi “Kinematografiya sohasiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy qilish va “O‘zbekfilm” milliy kino brendini yaratishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Farmonga ko‘ra, Madaniyat vazirligi muassisligida “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi.

Hujjat bilan kinematografiya sohasiga zamonaviy boshqaruv modelini joriy etish, takrorlanuvchi vakolatlarni maqbullashtirish hamda milliy kinoindustriyani bosqichma-bosqich iqtisodiyotning muhim tarmog‘iga aylantirish maqsad qilingan.

Shuningdek, “O‘zbekfilm” milliy kino brendini yaratish va ommalashtirish, kinoloyihalarni moliyalashtirish, filmlar ishlab chiqarish hamda mualliflik huquqlarini ta’minlash nazarda tutilgan.

Madaniyat vazirligining “Qoraqalpoqfilm” davlat muassasasi negizida “Qoraqalpoqfilm” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi. Uning muassislari “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi bo‘ladi.

Bundan tashqari, Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti va bir guruh kinoijodkorlar tomonidan Kinoshunoslar klubi tashkil etiladi.

O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi hamda O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi qo‘shib yuborilib, ular negizida O‘zbekiston kino sohasi vakillari palatasi tashkil etiladi.

Shuningdek, Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasini tashkil etish belgilangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

O‘xshash yangiliklar