23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Toshkent viloyatining 8 ta tuman va shahrida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O'zbekiston 23.11.2026 11:27 0Repost
Toshkent viloyatining 8 ta tuman va shahrida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 24-noyabr kuni kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqinlari kuzatilishi ehtimoli bor.

Shu munosabat bilan tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Bundan tashqari, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida suv bosish holatlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

O‘xshash yangiliklar