23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Mirziyoyev Xalqaro dzudo federatsiyasi rahbarini qabul qildi

Jamiyat 20.11.2026 09:21 0Sputniknews
Mirziyoyev Xalqaro dzudo federatsiyasi rahbarini qabul qildi
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘smirlar o‘rtasida dzudo bo‘yicha jahon chempionati munosabati bilan mamlakatda bo‘lib turgan Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda ushbu nufuzli federatsiya bilan milliy dzudo maktabini rivojlantirish va yosh sportchilarni tayyorlash borasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Toshkent jahonning nufuzli dzudo markazlaridan biriga aylanib borayotgani ta’kidlandi. So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda 4 ming nafardan ziyod sportchi ishtirokida 10 ta xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Joriy yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati esa ilk bor O‘zbekistonda tashkil etilmoqda.
Marius Vizer mamlakatda sportni rivojlantirish va yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
O‘zbekistonda yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish, milliy terma jamoani Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash, mamlakatda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi negizida sportchilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash hamda sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Dzudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 19-22 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadi. Unda 78 ta mamlakatdan 600 nafarga yaqin yosh sportchi bellashmoqda. Musobaqalarga xorijiy mamlakatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari ham kelgan.

O‘xshash yangiliklar